
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz
timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho
boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan, uzoqdagi togʻlar va
daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu
Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi.
Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston
ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi
mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi —
qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat
bayrogʻini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „Oʻzbekiston“ deb yozib qoʻyilgan.